Yana bir rus hujumchisi APLda o‘z kuchini sinab ko‘rishi mumkin

  • 15 may, 2019, 15:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi va Rossiya terma jamoasi forvardi Artyom Dzyuba faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda federal axborot agentligi xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 30 yoshli futbolchi uchun "Everton", "Kristal Pelas" va "Sautgempton" jamoalari o‘zaro kurash olib borishmoqda. Ular orasida esa "Kristal Pelas" nisbatan favorit ekanligi aytilmoqda.

Transferga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan yagona narsa bu piterliklarning futbolchi uchun qo‘yayotgan yuqori narxi bo‘lishi mumkin. Boisi, “Zenit” Dzyubani 18 mln evroga sotmoqchi, APL klublari esa taxminan 10-12 mln evro taklif qilishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, rus hujumchilarining tumanli albionga ko‘chib o‘tishi yangilik emas. Yaqin o‘tmishga nazar solsak, Andrey Arshavin, Roman Pavlyuchenko va Pavel Pogrebnyak kabi rossiyalik hujumchilar APLda muvaffaqiyatli to‘p surganini yodga olishimiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!