Yana bir superklub Ronaldudan yuz o‘girdi

  • 23 iyul, 2022, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu hali o‘z kelajagi borasida bir qarorga kela olgani yo‘q.

Portugaliyalik o‘yinchi Chempionlar ligasida o‘ynashni istayapti. Uning agenti Jorje Mendesh mijozi xizmatlarini  katta klublarga  taklif qilmoqda.

Britaniyaning mashhur nashri Mirror “Barselona” Krishtianu Ronalduni o‘z safiga qo‘shib olishdan bosh tortganini ma’lum qildi. Jorje Mendesh kataloniyaliklardan Ronalduni transfer qilishni so‘ragan edi.

Xavi to‘purar hujumchiga bo‘lgan ehtiyojni “Bavariya” yulduzi Robert Levandovskini olish orqali hal qildi.

Jorje Mendesh Ronalduni “Barselona”dan tashqari PSJ, “Atletiko”, “Bavariya”va “Chelsi”ga ham taklif qilgani borasida ma’lumotlar tarqatilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!