Yana Messi haqida

  • 31.07.2022 10:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoaga PSJ hujumchisi Lionel Messini qaytarish kerakligini ta’kidlamoqda.

- Avval aytganimdek, hozir Lionel Messining transferiga e’tibor qaratish – ushalmas orzu. Lekin Messining “Barsa”dagi davri tugashini istamayman. Menimcha, u yana bir imkoniyatga loyiq. Lekin bu haqda kelasi yili gaplashamiz, chunki hozir Leo boshqa jamoa futbolchisi, - dedi Xavi Ernandes.

Lionel Messi “Barselona” tarkibida 21 yil faoliyat ko‘rsatdi. Bu davr ichida argentinalik yulduz kataloniyaliklar safida 77 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasiga 670 ta to‘p kiritdi va jamoadoshlarini 302 marta golli pas bilan ta’minladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!