Yangi mavsumda o‘zbek futbolchisi UEFA Chempionlar ligasida o‘ynaydi!
Moskvaning “Lokomotiv” klubi Rossiya premer-ligasida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Gap shundaki, kecha “Krasnodar” RPLning 23-turida “Dinamo”ga (0:2) imkoniyatni boy bergach, 2-o‘ringa ko‘tarilish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi. Shu tariqa, “Lokomotiv” kelgusi yil UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz Jasur Jaloliddinov tez orada “Lokomotiv” bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Fikrlar