Yangi mavsumdan “Manchester Yunayted”ning sardori kim bo‘lishi ma’lum

  • 11 iyul, 2022, 15:35
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsum "Manchester Yunayted" sardori kim bo‘lishi ma’lum. Xabarlarga ko‘ra, "qizil iblislar"ning sardorlik bog‘ichi himoyachi Xarri Maguayrda qoladigan bo‘ldi. Bu haqda ingliz klubi bosh murabbiyi Erik ten Xag matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Tecno

29 yoshli Xarri o‘tgan mavsum "Manchester Yunayted"ning barcha musobaqalar doirasidagi 36 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Himoyachi 2019 yilning yozidan buyon mankunianliklar safida to‘p tepib keladi. U avvalroq "Lester", "Uigan", "Xall Siti" va "Sheffild Yunayted" kabi jamoalar sharafini himoya qilib kelgan.

Angliyalik futbolchining “qizil iblislar” bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” portali Maguayrning narxini 38 million evroga baholangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!