"Yangi Pirlo" uchun "Barselona" A Seriya klubiga 2 ta futbolchisini berishga tayyor

  • 24 aprel, 2020, 09:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Breshiya" klubi yarim himoyachisi Sandro Tonali uchun "Barselona" ham kurash boshladi. Bu haqda Corrierre della Sera nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga qaraganda, kataloniyaliklar “yangi Pirlo” deya e’tirof etilayotgan 19 yoshli italiyalik futbolchini joriy yozgi transferlar davrida sotib olishmoqchi va buning uchun A Seriya klubiga o‘zining yoshlar jamoasida to‘p surayotgan 2 nafa futbolchisini berishga tayyor.

Ta’kidlash lozimki, Tonali uchun shuningdek, "Inter", "Milan" va "Yuventus" klublari ham kurash olib borishmoqda.

Tonali joriy mavsum “Breshiya” safida jami 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!