
Yangilangan FIFA reytingida O‘zbekiston 6 pog‘ona yuqoriladi! (foto)
FIFA terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Braziliya 1837,56 ochko bilan birinchi o‘rinda joylashgan. Ikkinchi o‘rindagi Belgiya 1821.92 ball to‘plagan. Kuchli uchlikka 1770.65 ochko bilan Argentina yakun yasagan.
Biz uchun ahamiyatlisi, Osiyo kubogi saralashida yuz foizlik natija qayd etgan O‘zbekiston MTJ 6 pog‘ona yuqorilab, 77-o‘ringa ko‘tarildi. Srechko Katanets shogirdlari Osiyo qit’asida Xitoyni ortda qoldirdi.
Fikrlar