
Yarim finalda "Real"ni engan "Atletik" finalda "Barselona"ni ham taslim qildi (video)
Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona” va “Atletik” Bilbao jamoalari to‘qnash keldi.
Shiddatli va gollarga boy kechgan o‘yin qo‘shimcha daqiqalarga qadar davom etdi. Yakunda esa 2:3 hisobida bilbaoliklar g‘alabani ilib ketishdi. “Atletik”ga g‘alaba keltirgan gollarga Oskar de Markos, Aser Vilyalibre va Inyaki Uilyams mualliflik qildi. “Barselona” safida esa Antuan Grizmann dubl qayd etdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar