
Yarim finalga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan eng yosh murabbiy nomi o‘zgardi
Evropa chempionlar ligasi chorak finali doirasida "RB Leyptsig" "Atletiko"ni mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalning ikkinchi ishtirokchisiga aylandi.
Nemis klubi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann esa yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan eng yosh murabbiy nomini o‘ziniki qilib oldi.
EChL 1/2 final bosqichida "RB Leyptsig" 18 avgust kuni Lissabonda PSJ bilan bahs olib boradi.
Fikrlar