Yaxshiboev Belarus futboli tarixiga kirdi
"Energetik-BGU"ning o‘zbekistonlik hujumchisi Jasur Yaxshiboev Belarus chempionatidagi sakkizinchi o‘yinida oltinchi golini kiritishga erishdi. Statistikaga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, faqatgina ikki futbolchi 6 gol kiritish uchun Jasurdan kam vaqt sarflaganligini ko‘rish mumkin.
1999 yil Nikolay Rindyuk (BATE safida, u o‘z vaqtida "Mash’al", "Dinamo" va "Navbahor"da to‘p tepgan) 5 ta o‘yinda, Andrey Skorobogatko ("Dnepr" Mogilyov) 1992 yil 7 uchrashuvda 6 ta to‘p kiritishga erishgan va bu borada hamyurtimiz ulardan so‘ng 3-o‘rinni egalladi.

Fikrlar