Yaxshiboev: Eronliklar jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha qiyinchiliklarga uchrashi mumkin

  • 6 oktabr, 2020, 14:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UFA rasmiy "Telegram" sahifasi terma jamoamiz vakili Jasurbek Yaxshiboevning Eronga qarshi o‘yin oldidan fikrlarini taqdim etdi.

Tecno

"Terma jamoa har bir futbolchining orzusi hisoblanadi. Har kimga ham bu baxt nasib etmaydi. Terma jamoa futbolchisi bo‘lish ancha mushkul, chunki uning ortida 30 mlndan ziyod insonlar turadi. 

Belarus futbolida o‘zbek yigitlari ko‘payib bormoqda. Ular qanchalik yaxshi tarafdan o‘zlarini ko‘rsata olsa, boshqa futbolchilarga bo‘lgan qiziqish ham ortib ketadi va ularda imkoniyat paydo bo‘ladi. "Shaxtyor"da juda yaxshi kutib olishdi. Terma jamoa yig‘iniga chaqirilganimdan keyin murabbiylarim bilan o‘zaro maslahatlashdim. Murabbiy menga omad tiladi va ehtiyot bo‘lishimni so‘radi. Har bir klubda shunday holat bo‘ladi. 

Eron kuchli jamoa. Ularda chempionat to‘xtatilgan. O‘yinlar kamligi bois, jismoniy tayyorgarlik u qadar yaxshi emas, deb o‘ylayman. Ammo ular baribir xavfli raqib.

Muxlislarning stadionga kiritilishi juda quvontirdi. Albatta, ularning qo‘llab-quvvatlashi bizga qo‘shimcha dalda beradi", - dedi Yaxshiboev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!