
Yaxshiboev ishtirokidagi o‘yinni qaerdan ko‘rish mumkin?
Bugun Evropa Ligasi 1/16 final bosqichi javob uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Legionerimiz Jasur Yaxshiboev harakat qilayotgan Moldavaning "Sherif" jamoasi safarda "Braga" mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:00da start oladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur bahsni "Yoshlar" telekanali jonli efirda namoyish qiladi. Moldovada kechgan bellashuvda "Sherif" 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar