Yaxshiboev penaltiga sababchi bo‘lgan bahsdan so‘ng “Sherif” bosh murabbiyi nimalar dedi?

  • 18 fevral, 2022, 09:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsumning birinchi yarmida Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqichida ilk marotaba qatnashib, sensatsion tarzda “Shaxtyor” va “Real”ni mag‘lub etgan Moldova chempioni “Sherif” oxir-oqibat, qit’aning eng nufuzli turniri pley-offiga chiqa olmagan bo‘lsa-da,  guruhida uchinchi o‘rinni egallagani bois Evropa ligasida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritgan edi.

Tecno

378054

Ayniqsa, tiraspolliklar jamoasi guruh bosqichida “Santyago Bernabeu”da “Real”ni mag‘lub etgani katta shov-shuv keltirib chiqardi. O‘sha o‘yinda mehmonlarning birinchi golini Jasur Yaxshiboev urib, tarixiy g‘alabaga tamal toshini qo‘ygani o‘zbekistonlik futbol ishqibozlariga ikki karra yoqimli bo‘lgan edi.

UEFA qoidasiga ko‘ra, xalqaro maydondagi faoliyatini Evropa ligasida davom ettirayotgan “Sherif” pley-offning o‘tish bosqichidagi birinchi uchrashuvini o‘z maydonida Portugaliyaning etakchi klublaridan biri “Braga”ga qarshi o‘tkazdi.

Uchrashuvning kulminatsion nuqtasi birinchi bo‘limning oxirgi daqiqalariga to‘g‘ri keldi. Jasur Yaxshiboev ketma-ket ikki marta burchak zarbasini amalga oshirdi. Ikkinchi urinishda u yo‘llagan to‘p raqib futbolchisining qo‘liga tegdi. VAR orqali vaziyatga oydinlik kiritildi va hakam penalti belgiladi. Sebastyan Til 11 metrlik zarbani goliga aylantirdi.

294b19

Uchrashuvning ikkinchi yarmida portugaliyaliklar Adama Traoreni to‘xtata olmadi va ikkinchi to‘pni o‘z darvozasidan olib chiqdi. Shu kuni faol o‘ynab, jamoasining muhim g‘alabasiga katta hissa qo‘shgan Jasur Yaxshiboev 89-daqiqada zaxiraga olindi.

O‘yindan keyingi matbuot anjumanida tiraspolliklar bosh murabbiyi Yuriy Vernidub har bir futbolchisi zo‘r o‘ynaganini alohida ta’kidladi.

- Klub va muxlislarni g‘alaba bilan tabriklayman. Bu g‘alaba hali hech narsani anglatmaydi. Oldinda javob uchrashuvi bor. “Braga”ning kuchini yaxshi bilaman. Bizni xavotirga solib turgan himoya chizig‘i ishonchli o‘ynadi. Ular yangi sxema bo‘yicha harakat qildi. Har bir o‘yinchidan minnatdorman.

“Braga” milliy chempionatda o‘ynamoqda. Bizda mavsum boshlangani yo‘q. Himoya e’tibor qaratishimiz kerak edi. Buni uddaladik.

Etti nafar futbolchi qishda jamoadan ketdi. Ular uchun xursandman. Bu klub sha’niga foyda. Biz yaxshi futbolchilarni tarbiyalab, kuchli klublarga o‘tkazishimiz mumkinligini ko‘rsatib qo‘ydik. Traore va Dulanto bo‘yicha ham takliflar bo‘ldi. Lekin bu yigitlar “Sherif”da qolishni tanladi. Ular jamoaga ko‘p kerak bo‘ladi va ularning shu erda qolganidan xursandmiz, - dedi Yuriy Vernidub.

“Braga” bosh murabbiyi Karlush Karvalyal o‘yindan keyingi matbuot anjumanida shogirdlari mag‘lubiyatga loyiq emasligini ta’kidladi.

- Hali hech narsa hal bo‘lgani yo‘q. Vaziyatni o‘zgartirish uchun imkoniyat o‘z qo‘limizda. Oldinda Bragadagi o‘yin turibdi. Muxlislarimiz qo‘llab-quvvatlashi ortidan keyingi bosqichga o‘tishimizga ishonamiz.

Uchrashuvda biz yaxshiroq o‘ynadik va kutilmagan holatlar yuz berdi. Futbol ba’zan shunaqa shavqatsiz bo‘ladi.

Biz doim bor e’tiborni to‘p kiritishga qaratamiz, biroq bugun darvozamizni qo‘riqlagan Mateus birorta zarbani qaytara olmadi. Yo‘q joydan penalti belgilandi, ikkinchi gol himoyachimizning individual xatosidan so‘ng yuzaga keldi, - dedi “Braga” bosh murabbiyi Karlush Karvalyal.

GettyImages-1234734679

Jamoalarning javob uchrashuvi 24 fevral kuni “Braga” maydonida bo‘ladi.

Evropa ligasining o‘tish bosqichi dastlabki uchrashuvlarida quyidagi natijalar qayd etildi:

“Zenit” (Rossiya) – “Betis” (Ispaniya) - 2:3

“Barselona” (Ispaniya) – “Napoli” (Italiya) - 1:1

“Atalanta” (Italiya) – “Olimpiakos” (Gretsiya) - 2:1

“Portu” (Portugaliya) – “Latsio” (Italiya) - 2:1

“Leyptsig” (Germaniya) – “Real Sosedad” (Ispaniya) - 2:2

“Borussiya D” (Germaniya) – “Reynjers” (Shotlandiya) - 2:4

“Sevilya” (Ispaniya) – “Dinamo” (Zagreb, Xorvatiya) - 3:1

“Sherif” (Moldova) – “Braga” (Portugaliya) - 2:0.

Shomurodov Ronaldu bilan yonma-yon to‘p tepishi mumkin! Buning uchun esa...

Shomurodov: Evropadan ortga qaytsam bo‘lardi, lekin...

Shomurodov: Gol urmasang, Evropaga yo‘l qayda?..

Shomurodovning asosiy kuchi nimada?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!