
Yilning eng yaxshi klubi nomi aniq. Bu "Real" emas
Bugun Frantsiyaning Parij shahrida "France Football" nashri talqiniga ko‘ra, o‘tgan mavsumning eng yaxshilari aniqlanmoqda. Ayni vaqtga kelib, bir qator nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshilar nomi aniq bo‘lib ulgurdi.
Unga ko‘ra, "Manchester Siti" klubi o‘tgan mavsumning eng yaxshi jamoasi, deb topildi. Bunda faqat yutilgan sovrinlar emas, balki, butun tizimda qayd etilgan natijalar inobatga olinadi.
Shuningdek, "Liverpul" ikkinchi, o‘tgan mavsum EChL hamda La Liga g‘olibiga aylangan "Real" mazkur ro‘yxatda o‘chinchi o‘rinni band etgan.
Fikrlar