
Yirik mag‘lubiyat qimmatga tushdi. Erik ten Xag o‘rniga boshqa murabbiy topildi!
Angliya premer-ligasining navbatdagi turida “Manchester Yunayted” ashaddiy raqib – “Manchester siti”dan 3:6 hisobida qaqshatqich zarbaga uchradi.
Klub rahbariyati bu mag‘lubiyatdan so‘ng niderlandiyalik mutaxassis Erik ten Xagning imkoniyatlariga shubha bilan qaray boshladi. Todofichajes nashrining xabar berishicha, manchesterliklar yangi murabbiy qidira boshlagan.
Agar yaqin orada Erik ten Xag jamoani o‘nglay olmasa va vaziyatni tuzatmasa, o‘z o‘rnini bo‘shatib berishiga to‘g‘ri keladi.
Manbaning ta’kidlashicha, “Manchester Yunayted” rahbariyati jamoani “Sevilya”ni boshqarayotgan Xulen Lopetegiga topshirishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar