Yosh futbolchi jahonning eng zo‘r o‘yinchisi Ronalduga aql o‘rgatdi

 
 
Xitoy millionerlari Evropada porlayotgan futbolchilarni o‘z Super ligasiga jalb qilish uchun hech qanday mablag‘ni ayamasliklarini namoyish qilishmoqda. Evropaning mashhur futbolchilari ketma-ket Xitoydan taklif olmoqda. "Real" etakchisi va jahonning eng yaxshi futbolchisi Krishtianu Ronaldu ham bundan mustasno emas.
 
Xitoy klublari yaqinda Ronalduga yiliga 100 million evro maosh va’da qilib, Chin yurtiga ko‘chib kelishni taklif qildi. Bunga "Bavariya"ning yosh futbolchisi Joshua Kimmix o‘z munosabatini bildirib, Krishtianu Ronalduni pul uchun o‘ynamaslikka chaqirdi.
 
- Menimcha Ronaldu buncha pulni sarflab ulgurmaydi, - dedi Joshua Kimmix. - Buncha pulni oqlash uchun Krishtianu yana nimalar qilishi kerak? Futbolchi uchun birinchi o‘rinda moddiy manfaatdorlik emas, sport tamoyillari turishi kerak.
 
21 yoshli yarim himoyachi Joshua Kimmix "Bavariya" tarkibida 13 ta uchrashuv o‘tkazib, to‘rtta gol urdi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!