Yozda "Atletiko"ni kimlar tark etadi?
Madridning “Atletiko” klubi rahbariyati yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida jamoa tarkibida jiddiy o‘zgarishlar qilmoqchi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “matraschilar” o‘zining bir nechta etakchi futbolchilarini sotishni rejalashtirmoqda. Gap Kevin Gameyro, Nikolas Gaytan va Xose Ximeneslar haqida bormoqda. Aynan mana shu futbolchilarning transferidan keladigan mablag‘larga “Atletiko” yangi futbolchilar sotib oladi.
Ta’kidlash kerakki, madridliklar Gameyro uchun 32 mln, Gaytan uchun esa 25 mln evro so‘rashmoqda.

Fikrlar