"Yunayted" Timo Vernerni sotib olmoqchi

  • 4 noyabr, 2019, 11:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" "RB Leyptsig" forvardi Timo Verner uchun kurashga qo‘shildi. Premer ligadagi juda yomon start, hujum chizig‘idagi kadrlar muammosi sabab qishgi transfer oynasi vaqtida Ule-Gunnar Sulsher 23 yoshli hujumchini asosiy transfer maqsadiga aylantirdi.

Tecno

Oldinroq, "qizil iblislar" qishda Mario Manjukich, Mussa Dembele yoki Zlatan Ibragimovich nomzodlarini ko‘rib chiqmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Biroq, Daily Mail nashri "Yunayted" qishda bor diqqat e’tiborini Vernerga qaratishi haqida mahsus ma’qola tayyorlagan. Nemis klub esa o‘z navbatida hujumchini mavsum yakunigacha jamoada ushlab qolish niyatida.

Bir qator nashrlar xabariga ko‘ra, Verner uchun "Liverpul" ham davogarlik qilayotgan ekan. Yozda liverpulliklar ham germaniyalikni qo‘lga kiritishga urinib ko‘rishmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!