
Yurgen Klopp: EChL finalidagi mag‘lubiyat "Tottenxem"ga motivatsiya berishi mumkin
“Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp bugun “Tottenxem”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yindan oldin o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Shporlar” EChL finalida sodir bo‘lgan voqeani o‘zgartira olishmaydi, ammo o‘sha mag‘lubiyat ularga bugungi o‘yin oldidan kuchli motivatsiya berishi mumkin.
Ular katta mahoratga ega, ammo hozirda o‘zlariga yarashmaydigan o‘rinlarda borishmoqda. Ular bu o‘yinda o‘zlarini ko‘rsatishga urunishadi”, - deydi germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” – “Tottenxem” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.
Fikrlar