Yurgen Klopp: Hech qaerda "Chelsi"ni mag‘lub etmasligimiz haqida aytilmagan. Natija uchun kurashamiz

  • 20 sentabr, 2019, 18:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi bosh murabbiy Yurgen Klopp APLning 6-turida "Chelsi"ga qarshi bahs haqida fikr bildirdi.

"Hozirda, bizda yaxshi kayfiyat hukmronlik qilmoqda. Bi ushbu holatni ushlab turishimiz kerak. Rejalarimiz bo‘yicha biz yanada ko‘proq natijalarni istaymiz."

Van Deyk jamoa uchun muhim ekanligi havotirga solmayaptimi?

"Hozircha yo‘q. Bizda 4 ta markaziy himoyachi bor. Muvaffaqiyatga erishishimiz uchun barchamizga omad kerak, ammo "Man Siti" va Laport kabi vaziyatlar unchalik yoqimliy emas.

Hullas bizda top darajadagi 4 ta himoyachi bor. Umid qilaman, mavsum oxirigacha bu bizga etarli bo‘ladi."

"Liverpul" 2016 yilning sentyabridan buyon "Stemford Brij"da g‘alaba qozona olmayapti.

Chunki raqib jamoa yaxshi. BU yaxshi yangilik emas, ammo biz uni o‘zgartirishga harakat qilamiz. Biz "Chelsi"ga qarshi o‘yinga natija uchun ketyapmiz. "Chelsi"ni mag‘lub eta olmaymiz, degan joy yo‘q," - dedi Klopp.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!