Yurgen Klopp: Milner 38 yoshgacha o‘ynay oladi, agar...

  • 25 avgust, 2018, 14:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Kloppning fikricha jamoa sardori Jeyms Milnerga yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatishi uchun yosh ta’sir o‘tkazmaydi.

Tecno

“Bizning barcha futbolchilarimiz juda kuchli. Milner bilan esa hamisha ishlarimiz a’lo. U faoliyati davomida turli pozitsiyalarda va turli sxemalarda to‘p surgan. U qanot himoyachisi ham bo‘ldi, yarim himoyada ham o‘ynadi. Aslida ham shunday bo‘lishi ham kerak.

Milner uchun yosh to‘sqinlik qila olmaydi. Unda tug‘ma qobiliyat bor. U o‘zi shug‘ullanadigan barcha sport turlarida yaxshi harakat qila oladi.

Odatda 32 yoshda aksariyat kompaniyalar sizga yana biroz kutishingizni tavsiya qilishadi, futbolda esa bu yoshda deyarli faoliyatingizni yakunlayotgan bo‘lasiz.

Bizning futbolchilarimiz o‘zlarining jismoniy holatlarini inobatga olganda bemalol 36, 37 va 38 yoshgacha o‘ynay olishadi. Men ishonamanki, Milner ana shundaylardan biri bo‘ladi, agar jarohat soya solmasa”, - deydi germaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!