
Yuriy Syomin Shomurodov va "Rostov" haqida gapirdi
"Qishdagi asosiy vazifa - yangi futbolchi sotib olish va hozirgi o‘yinchilarni saqlab qolishdan iborat. Ba’zi pozitsiyalarni mustahkamlab olish darkor. Ikkinchi tomondan yosh Kulikov va Makgeevlar ham so‘nggi uchrashuvlarda o‘zlarini ko‘rsatishmoqda. Ular nafaqat raqobatlashyaptilar, balki asosiy tarkibga kirish uchun jiddiy kurash olib bormoqdalar.
"Rostov"ning moliyaviy muammolari haqida gapiradigan bo‘lsak - Normann, Shomurodov, Eryomenkolar har qanday jamoada o‘ynab keta oladigan top-futbolchilardir. Ammo klubning moliyaviy inqirozi haqida hech qanday izoh berilmadi. Balki bu har doim aytiladigan shunchaki gapdir. Shunday ekan, bunga ishonishim qiyin", - dedi Syomin.
Fikrlar