"Yuventus" 60 yil avvalgi antirekordini takrorladi
Turinning "Yuventus" klubi kecha A Seriyaning 4-turida o‘z maydonida “Milan”ga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobida durang qayd etdi.
Qayd etish lozimki, bunga qadar "keksa sinora" chempionat doirasida "Udineze"ga (2:2) qarshi bahsida ham durangga imzo chekkan edi. Bundan tashqari “Yuve” joriy 2021/22 yilgi mavsumda "Empoli" (0:1) va "Napoli" (1:2) klublariga mag‘lub bo‘ldi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga qaraganda, "Yuventus" so‘nggi bor bundan 60 yil muqaddam chempionatning dastlabki 4 ta turida g‘alaba qozona olmagan. Turin super klubi 1961/62, 1955/56 va 1942/43 yilgi mavsumlarda milliy chempionat bahslarini ana shunday muvaffaqiyatsiz boshlagan.
Massimiliano Allegri boshchiligidagi jamoa 4 turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvalida 2 ochko bilan 18-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar