“Yuventus” “Chelsi” yulduzini sotib olishga tayyor
“Yuventus” klubi Adrien Rabo bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. Ular frantsuzning o‘rniga boshqa futbolchi sotib olish haqida o‘ylamoqda. Variantlar orasida “Chelsi” futbolchisi Meyson Maunt ham mavjud, deya xabar bermoqda “Calcimercatoweb” nashri.
Angliyalik yarim himoyachining “aristokratlar” jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi. Ammo hali yangi bitimga qo‘l qo‘yilmagan. “Yuventus” ham vaziyatni kuzatib bormoqda.
Futbolchi ushbu mavsum barcha chempionatlarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va 6 marta sheriklarining goliga past berdi.
Fikrlar