
"Yuventus" Dibalani Ikardiga almashtirmoqchi
Turinning "Yuventus" klubi forvardi Paulo Dibala faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.
Tuttomercatoweb nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” 25 yoshli argentinalik futbolchini "Inter"dagi boshqa bir argentinalik hujumchi Mauro Ikardiga almashtirmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, Ikardiga shuningdek “Napoli” klubidan ham jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt sayti Dibalani 100 mln evro, Ikardini esa 90 mln evroga baholamoqda.
Fikrlar