
"Yuventus" etakchisini APLga qaytaradigan jamoa topildi
"Liverpul" yozda yarim himoyachi Jorjino Veynaldum bilan xayrlashadi. Avvalroq, niderlandiyalik futbolchi "Barselona" bilan kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgandi.
"Calciomercato" nashrining xabariga ko‘ra, mersisaydliklarlar Veynaldum o‘rnini "Yuventus" yarim himoyachisi Aaron Remsi bilan to‘ldirmoqch. Transfermarkt portali futbolchini 20 million evroga baholamoqda.
30 yoshli Remsi joriy mavsum 26ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan hamda 5 golga assistentlik qilgan. Uning "keksa senoralar" bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar