
"Yuventus" ham Uilsher uchun kurashga qo‘shildi
Turinning "Yuventus" klubi "Arsenal" yarim himoyachisi Jek Uilsherga qiziqa boshladi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Ung ko‘ra Turin super klubi yozda “kanonirlar” bilan shartnomasi yakunlanib, erkin agentga aylanadigan 26 yoshli angliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Aytish kerakki Uilsherga shuningdek A Seriyaning boshqa bir klubi “Milan” ham da’vogarlik qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Uilsher joriy mavsum “Arsenal” safida jami 32ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 2ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar