"Yuventus" mavsumdagi ilk g‘alabani qo‘lga kiritdi
A Seriya 5-turidan o‘rin olgan "Spetsiya" - "Yuventus" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur o‘yinda turinliklar raqibni 3-2 hisobida mag‘lub etib, mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
28-daqiqada Kin hisobni ochgan bo‘lsa, Gyasi va Antisning gollari evaziga "Spetsiya" hisobda oldinga o‘tib oldi. 66-daqiqada Keza muvozanantni tikladi. 6 daqiqa o‘tib, De Ligt jamoasininig g‘alaba golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Mazkur natijadan so‘ng "keksa sinora" o‘z ochkolari sonini 5 taga etkazib olib, turnir jadvalida 12- o‘ringa ko‘tarildi. "Spetsiya" hisobida ham shuncha ochko mavjud va ular 16-o‘rindan joy olgan.

Fikrlar