"Yuventus" muxlislari uchun xushxabar!
“Yuventus” klubining ikki nafar futbolchisi – Federiko Keza va Federiko Bernardeski umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, har ikkala futbolchi ham A Seriyaning navbatdagi turidan o‘rin olgan “Milan”ga qarshi bahsida “keksa sinora”ga yordam bera oladi.
Aytish lozimki, Keza va Bernardeski “Yuventus”ning “Malmyo”ga qarshi bo‘lib o‘tgan UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich ilk tur bahsini o‘tkazib yuborishdi. O‘sha o‘yinda turinliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Ortda qolgan 3 ta turdan so‘ng “Yuventus” 1ochko bilan A Seriya musobaqa jadvalida 16-o‘rinda bormoqda. Allegri jamoasi so‘nggi turni safarda “Napoli”ga qarshi o‘tkazdi va 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Fikrlar