"Yuventus" qimmat futbolchini arzonga oldi

  • 31 yanvar, 2022, 19:06
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya Myonxengladbax" klubi futbolchisi Denis Zakariya faoliyatini "Yuventus"da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi. 

Turin klubi 25 yoshli futbolchi uchun nemis klubiga 5 million evro va bonuslar to‘laydi. 

Shveytsariyalik xavbek "keksa sinora" bilan 2026 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekadi. U allaqachon "Yuve" safida tibbiy ko‘rikdan o‘tib ulgurdi. 

Ma’lumot o‘rnida, Zakariya joriy mavsum jami 18 ta o‘yinda maydongu tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma muallifiga aylandi. "Transfermarkt" portalida uning narxi 27 million evroga baholangan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!