“Yuventus” qimmat futbolchisini arzon hujumchiga almashtiradi

  • 27 noyabr, 2020, 21:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Yuventus” rahbariyati “Atletiko”dan ijaraga olingan Alvaro Moratani jamoada saqlab qolmoqchi. Ispaniyalik to‘purar o‘z o‘yinlari bilan argentinalik Paulo Dibalani asosiy tarkibdan siqib chiqardi.

Turinliklar transfer summasi 45 million evroga baholanayotgan hujumchini olib qolish uchun xarajat qilmaydi. Ular Madrid klubiga uni Dibalaga almashtirishni taklif qilyapti. Dibala ham “Atletiko”ni boshqarayotgan hamyurti Diego Simeonening ish uslubidan hayratda ekanini yashirmayapti.

Paulo Dibalaning transfer summasi 80 million evro ekanini inobatga olib, turinliklar “Atletiko” xo‘jayinlarini futbolchi almashtirishdan tashqari, narxlardagi tafovut bo‘yicha pul to‘lashga ham ko‘ndirishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!