"Yuventus"ga PSJ futbolchisi kerak

"Yuventus" Manuel Ugartega qiziqish bildirmoqda. 

"Football Italia" nashrining "La Gazetta dello Sport" nashriga tayanib bergan xabariga ko‘ra, "keksa senora" PSJ yarim himoyachisini ijaraga olmoqchi. Bu varian boshqa yarim himoyachi uchun kattaroq mablag‘ sarflash imkonini beradi. Turin klubi parijliklar bilan allaqachon aloqaga chiqqan. 

Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, PSJ urugvaylik futbolchini ijaraga bermoqchi emas. 

Joriy mavsumda yarim himoyachi Frantsiya chempionatining 23 uchrashuvida qatnashib, 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!