"Yuventus"ga yarim himoyachi kerak

  • 29 yanvar, 2022, 17:16
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Yuventus" klubi ayni paytda yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish ustida bosh qotirmoqda. Turinliklar bu borada "Borussiya M" vakili Denis Zakariyani xarid qilishni ma’qul ko‘ryapti. 

Italiyaliklar futbolchi uchun 7 million evro taklif qilgan. "Borussiya" tez orada o‘z qarorini ma’lum qiladi, - deya xabar berdi taniqli insayder Fabritsio Romano.

"Zebralar" rahbariyati yaqin orada klubni tark etishi kutilayotgan Bentankur va Artur o‘rnini shveytsariyalik futbolchi orqali to‘ldirmoqchi. 

Statistikaga ko‘ra, Denis Zakariya ushbu mavsum Bundesliga doirasidagi 16 o‘yinda 2 gol va 1 assistni o‘z nomiga yozib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!