
"Yuventus"ning "Ayaks"ga qarshi o‘yin qaydnomasi e’lon qilindi
Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri ertaga Chempionlar ligasi 1/4 final javob bahsidan o‘rin olgan "Ayaks"ga qarshi bahs uchun “keksa sinora”ning o‘yin qaydnomasini e’lon qildi.
Darvozabonlar: Shesni, Pinsolo, Loriya.
Himoyachilar: de Shilo, Sandro, Bartsali, Bonuchchi, Kanselu, Rugani, Spinatstsola.
Yarim himoyachilar: Pyanich, Xedira, Matuidi, Jan, Bentankur, Kavilya.
Hujumchilar: Ronaldu, Dibala, Kosta, Kin, Bernardeski.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” – “Ayaks” uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.
Fikrlar