
"Yuventus"ning sobiq futbolchisi jamoaga qaytmoqda
Sobiq futbolchi Simone Padoin yana "Yuventus"ga qaytishi mumkin. Bu haqda Tuttosport xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, sobiq yarim himoyachi jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegrining murabbiylar shtabida ish boshlashi mumkin. U bugun “keksa sinora” bazasiga tashrif buyurdi. Ta’kidlanishicha, italiyalik mutaxassis bu erga shunchaki kelmagan, u klubdagi yangi vazifasini muhokama qilish uchun kelgan.
Ta’kidlash kerakki, Padoin “Yuventus”dagi futbolchilik faoliyati davomida muxlislarning qalbidan joy olgan. Bu o‘z navbatida uning klubda ishlash imkoniyatini oshiradi.
Simone Padoin "Yuventus"da futbolchi sifatida 2012 yildan 2016 yilgacha o‘ynagan.
Fikrlar