Zabit Magomedsharipov chempionlik uchun jang qiladimi? Uning menejeri javob berdi

  • 16 noyabr, 2020, 09:25
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Rossiyalik jangchi Zabit Magomedsharipovning menejeri Rizvon Magomedov mijozining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarni boshdan kechirayotganini aytdi. Shuningdek, u Magomedsharipov yarimengil vazn toifasida UFC chempionlik kamariga da’vogar bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Tecno

“Zabitning keyingi jangi da’vogarlik maqomida bo‘ladi. Agar, u keyingi raqibdan o‘tsa, unda titul uchun jang bo‘lishi kerak. Ammo ko‘p narsa uning sog‘lig‘iga bog‘liq, hozirda, Zabitning salomatligida biroz muammolar bor”, - deya Magomedovning so‘zlarini keltirmoqda TASS.

 29 yoshli Magomedsharipov faoliyati mobaynida 18 g‘alabaga erishgan holda,  1 bora mag‘lubiyat alamini ham totib ko‘rgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!