Zabit Magomedsharipov navbatdagi jangini qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi
UFC yarimengil vazn toifasining rossiyalik jangchisi Zabit Magomedsharipov keyingi jangini yanvarda o‘tkazadi.
"Zabitning navbatdagi bellashuvi yanvar oyidagi turnirlarning birortasini asosiy kardi bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu jang 5 raunddan iborat bo‘ladi. Raqib kim bo‘lishi ustida ish olib borilmoqda.
Yair Rodriges nomzodi ishonchsiz, u bir necha bor jangni bekor qilgan va ortiqcha gaplar gapirib yuborgan," - dedi menejer Rizvan Magomedov.
Magomedsharipov va Rodriges o‘rtasidagi jang 31 avgust kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo meksikalikning jarohati tufayli bahs qoldirilgandi.

Fikrlar