
Zafarbek O‘rmonaliev ilk bahsdanoq Jahon chempionatini tark etdi
Chili poytaxti Santyago shahrida Dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda.
Musobaqalarning ikkinchi kunida hamyurtlarimizdan -60 kilogramm vazn toifasidagi hamyurtimiz Zafarbek O‘rmonaliev birinchi bellashuvdayoq turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Mo‘g‘uliston vakili Narmandax Bayanmunxga qarshi tatamiga chiqqan hamyurtimiz raqibi 2 ta vazari bahosi evaziga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Fikrlar