Zaxa endi Kot-d'Ivuar termasida o‘ynaydi
Angliyaning “Kristal Pelas” klubi yarim himoyachisi Uilfrid Zaxa endi rasman Kot-d'Ivuar terma jamoasi sharafini himoya qiladi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasining rasmiy veb sayti xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, Zaxa futbolchilik faoliyati davomida Angliya o‘smirlar va yoshlar terma jamoasida o‘ynagan. Bundan tashqari Angliya terma jamoasi tarkibida 2ta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan. Ammo, Uilfrid birorta rasmiy uchrashuvda ishtrok etmagan.
Zaxa Kot-d'Ivuar mamlakatining Abidja shahrida tug‘ilgan. Biroq, 4 yoshidan Angliyada yashab kelmoqda. Ayni shu sababli ham Kot-d'Ivuar ushbu futbolchini mamlakat terma jamoasiga jalb etdi. “Kristal Pelas” futbolchisi katta ehtimol bilan qishda bo‘lib o‘tadigan Afrika millatlar kubogida ishtirok etadi.

Fikrlar