
"Zenit" beshinchi marta Rossiya chempioni bo‘ldi
Bugun peshqadam Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi Rossiya premer-ligasining 27-turida safarda “Axmat” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan “Lokomotiv” esa Tulada “Arsenal”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa piterliklar mavsum yakunlanishiga 5ta tur qolganida Rossiya chempionligini qo‘lga kiritishdi.
Qayd etish lozimki, bu “Zenit” tarixidagi 6-chempionlik bo‘ldi.
Fikrlar