
"Zenit"dan koronavirus chiqdi
Sankt-Peterburgning "Zenit" klubida koronavirus bilan bog‘liq kamida 3 ta holat qayd etildi.
"Mutko Protiv" telegram kanali tarqatgan xabarga ko‘ra, yoshlar jamoasi a’zosi Daniil Shamkin va klub xodimida virus aniqlangan. Yana bir nechta odam karantinga olingan. Ammo, asosiy tarkibning birorta a’zosida Covid-19 aniqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, “Zenit” ertaga “Lokomotiv”ga qarshi Rossiya Superkubogi uchun maydonga tushadi.
Fikrlar