Zidan Alaba haqidagi shov-shuvga javob berdi

  • 20 yanvar, 2021, 10:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda Ispaniyaning “Marka” nashri “Bavariya”ning universal himoyachisi David Alaba madridliklar bilan to‘rt yillik shartnomaga imzo chekkani haqida xabar tarqatgan edi. “Qirollik klubi” bosh murabbiyi Zinedin Zidan bu xabarga munosabat bildirdi.

Tecno

- Alaba – boshqa klub futbolchisi va u jamoaning murabbiy men emasman. Men faqat o‘zimning jamoam haqida gapirishi uchun shu erdaman. Bunaqa voqealar bilan vaziyatni og‘irlashtirishning keragi yo‘q. Meni faqat oldindagi uchrashuv natijasi qiziqtiradi, - dedi Zidan.

David Alaba “Bavariya”dagi uzoq faoliyatidan so‘ng, yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi. Avvalroq, Zinedin Zidan avstriyalik himoyachiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z jamoasiga taklif qilgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!