Zidan Bekxemning jamoasiga o‘tadi

  • 2 aprel, 2021, 11:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidanning to‘ng‘ich o‘g‘li Entso Zidan faoliyatini okean ortida davom ettirishi mumkin. Uni MLSda kutishmoqda.

Tecno

ESPN nashrining ma’lum qilishicha, 26 yoshli futbolchi Devid Bekxemga tegishli bo‘lgan "Inter Mayami" klubining mavsumoldi yig‘inlarida ishtirok etadi. U bilan shartnoma imzolanishi to‘g‘risida yakuniy qaror aynan tayyorgarlik jarayoni xulosalariga ko‘ra qabul qilinadi.

Entso Zidan 2014-2017 yillarda "Real" safida harakat qilgan. Biroq asosiy jamoada biror marta ham maydonga tushmagan. Uning so‘nggi jamoasi "Almeriya" hisoblanadi. U bu jamoani 2020 yilning kuzida tark etgan.

Ma’lumot uchun, “Inter Mayami” o‘zining MLSdagi debyut mavsumida 10-o‘rinni egalladi va pley-off bosqichida ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!