Zidan "Chelsi"ni boshqara olmaydi. Uning sobiq jamoadoshi buning sababini aytdi

  • 27.02.2023 21:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi"ning sobiq futbolchisi Emmanyuel Peti “aristokratlar” bosh murabbiyligiga Zinedin Zidanning taklif qilinishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Aytish kerakki, Grem Potter boshqaruvidagi “Chelsi” Premer-liga turnir jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi.

"Zidan ingliz tilini bilmaydi, shu bois u "Chelsi" uchun eng yaxshi tanlov emas. Sobiq jamoadoshimga hurmat saqlagan holda gapiryapman.

Potter sentyabr oyidan beri ishlamoqda va siz uni ishdan bo‘shatmoqchimisiz? “Chelsi”da hali ham Chempionlar ligasini yutish imkoniyati bor. Potter ishdan bo‘shatilishi bilan yangi murabbiy muhitga moslashishi kerak bo‘ladi. Bu holat bir necha hafta davom etishi mumkin. Men hozir Potterga hukm o‘qimagan bo‘lardim”, - dedi Petit football.london nashriga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!