Zidan: Grizmann "Atletiko"ni tark etadi? Bu mening muammoim emas
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Atletiko” futbolchisi Antuan Grizmanning “Barselona”ga o‘tishi borasida tarqalgan xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.
“Men bizga tegishli bo‘lmagan futbolchini muhokama qilolmayman. Oldindagi 9 kunda bizni ikkita o‘yin kutib turibdi. Shundan so‘ng, nima istayotganimizni ayta olamiz.
Grizmanning “Barselona”ga o‘tishi borasida hech qanday ma’lumot olmadim. Bilishimcha, bu yaxshi ham, yomon ham bo‘lmaydi. Umuman, bu mening muammoim emas”, – deb aytib o‘tdi frantsiyalik mutaxassis.



Fikrlar