Zidan “Liverpul” o‘yinchisi kutyapti
“Liverpul” yarim himoyachisi Nabi Keyta yozda “Real”ning asosiy nishoniga aylanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Qirollik klubi” moliyaviy ahvoldan kelib chiqib, jamoaning ayrim nuqtalariga yangi o‘yinchilarni oladi va bunda asosiy e’tibor maoshi katta bo‘lmagan ijrochilarga qaratiladi.
Nabi Keyta aynan madridliklar istayotgan futbolchilar toifasiga kiradi. Mahoratli futbolchi ishonchli o‘ynay olasa-da, uning xizmat haqi yulduzlar talab qiladigan summadan ancha past. Qolaversa, Gvineyalik yarim himoyachiga Yurgen Klopp etarli darajada o‘yin amaliyoti bermayapti. Joriy mavsumda Keyta atigi o‘n marta maydonga tushdi va to‘rt marta boshlang‘ich tarkibdan joy oldi xolos.
Nabi Keytaning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha davom etadi. Angliya klubi yarim himoyachi uchun “Leyptsig”ga 48 million funt to‘lagan edi. Shu bois, bu transfer “Real”ga ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Fikrlar