Zidan: Mavsumning ilk rasmiy o‘yini juda muhim
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan UEFA Superkubogi oldidan o‘yinning ahamiyati to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
– UEFA superkubogi bahsi biz uchun juda muhim. Biz mavsumning ilk rasmiy o‘yini qay darajada muhim ekanligini tushunib turibmiz. Boshqa tomondan, mubolag‘aga berilish ham yaramaydi. Haqiqat shundaki, biz nafaqat yanvargacha davom etgan mag‘lubiyatsiz davrda balki, o‘tgan mavsum davomida juda ajoyib ishtirok etdik. Bizning maqsadimiz hali ham o‘z kuchida qolgan. Bizda juda yaxshi tarkib bor va barchasini takrorlashga harakat qilamiz, – deydi mutaxassis UEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Qayd etish lozim, bahs ertaga Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi. Shuningdek, uchrashuvga oid eksklyuziv foto va videolar SPORTS.uz internet-axborot portalida ham yoritib boriladi.
Fikrlar