Zidan Mbappega ustozlik qilishdan bosh tortdi

  • 23 may, 2022, 21:10
  • 0
  • Futbol

“Real”dan ketganidan beri ishsiz yurgan Zinedin Zidanga PSJdan jiddiy taklif bo‘lmoqda.

Qatarlik investorlar Parij klubini Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish bo‘yicha mutaxassis hisoblangan Zinedin Zidan boshqarishini istamoqda. Frantsiyalik murabbiy qisqa faoliyati davomida “Real” bilan uch bora qit’aning eng nufuzli sovrinini qo‘lga kiritgan.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Zidan yana bir bor PSJni boshqarish taklifini qabul qilmadi. U Frantsiya terma jamoasiga ustozlik qilishni rejalashtirgan.

Frantsiya futbolf ederatsiyasi 2022 yilning oxirida Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatidan keyin hozirgi bosh murabbiy Dide Deshamp o‘rniga Zidanni olib kelishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!