
Zidan tez orada murabbiylikka qaytadi
Afsonaviy sobiq futbolchi Zinedin Zidan tez orada murabbiylikka qaytishi va hozirda bunga tayyorgarlik ko‘rayotganini aytdi.
“Men tez orada qaytaman. Bir oz kuting. Tez orada. Qayta murabbiy bo‘lishimga ko‘p vaqt qolmadi", - dedi Zidan "RMC Sport" nashriga.
50 yoshli Zidan 2016—2018 yillar hamda 2019 yilning bahoridan 2021 yilning yoziga qadar "Real" bosh murabbiyi bo‘lib ishladi. Oldinroq OAVda Zinedin Qatardagi jahon chempionatidan keyin Frantsiya terma jamoasini boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar