Zidan Yamalning o‘tgan mavsumdagi harakatlarini baholadi!

  • 13 oktabr, 12:24
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Afsonaviy futbolchi va sobiq "Real Madrid" bosh murabbiyi Zinedin Zidan yosh iste’dod egasi Lamin Yamalning o‘yinini maqtadi:

Tecno

"Qaysi futbolchi menga yoqadi? Maydondagi pozitsiyasidan qat’i nazar, to‘pga tekkanida meni hayratga soladigan bitta o‘yinchi bor — bu Yamal. U o‘tgan mavsum "San-Siro"da "Inter"ga qarshi o‘yinda hammasini o‘zi qilgan edi.

Shuningdek, mening xayolimga Vitinya va Nevesh keladi — ular hech qachon to‘pni yo‘qotishmaydi", — deya ta’rif berib o‘tdi frantsiyalik mutaxassis.

Ma’lumot o‘rnida, Xans-Diter Flik boshqaruvidagi "Barselona" o‘tgan mavsum Chempionlar ligasining yarim final bosqichida "Inter" bilan kuch sinashib, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchragan holda turnirni tark etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!